Fikr

Şaharlar içida ruxsat etilgan tezlikni 70 km/soatgaça kötariş haqidagi qonunni qoralayman

Matn13-may, 2025, 16:021 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Boshqa chatXabar

Mazmunan şaharlar içida ruxsat etilgan tezlikni 70 km/soatgaça kötariş haqidagi qonunni işlab çiqqanlarni laʼnatlayman va qoralayman.

Agar taklif kerak bölsa:

Jarima çegarasida +10 km/soat istisno örnatmoqçimisiz? Bemalol, sira qarşiligim yöq.

Lekin avval şahar markazlarida çeklangan tezlikni 50 km/soat, boşqa aholi punktlarida esa 60 km/soat qilib pasaytiringlar. Ana undan keyin xohlang +10, xohlang +15 istisno kiritavering.

Muammo nimada? Texnik tomondan tezlikni töğri ölçaşdami? Unda faqat şu muammoni hal qiladigan loyiha işlab çiqiş kerak edi. Lekin hozir bahonada tezlikni oşirib olmoqçisizlar. Uyalinglar ozgina.

Avariyada halok bölgan insonlarni hurmat qilmasangiz ham, heç bölmasa hozir tirik yurgan piyodalarning ziğirça hurmati yöqmi sizlar uçun? Kun tuğsa ham, oy tuğsa ham faqat maşinani öylab çarçamadinglarmi?

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek