TÖĞRI JAVOB: yöl çetida yoki maxsus joyda 45 daqiqa kutiş jazosi beriladi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz«Çto? Gde? Kogda?» körsatuvida Estoniya yöl harakati qoidalaridagi yangilik haqida qiziqarli savol öynaldi.TÖĞRI JAVOB: yöl çetida yoki maxsus joyda 45 daqiqa kutiş jazosi beriladi.
Uşbu vaqt içida haydovçiga avtomobilda harakatlaniş taqiqlanadi. Bu orqali şoşqaloq haydovçilarga öziga xos jazo beriladi. 45 daqiqa «tinçlantiruvçi töxtab turiş» bilan jazolangan haydovçilar jarima jazosi tölaşdan ozod etiladi. Estoniyada har bir oşirilgan kilometr uçun 3 yevro jarima jazosi belgilangan. Masalan, belgilangan tezlikdan 20 km/soat tezroq harakatlansa, 60 yevro (738 ming söm) jarima solinadi.
Maʼlumot uçun: Özbekistonda 20 km/soatgaça tezlik oşirilsa, BHMning 1 baravari (245 ming söm), 20 dan 40 km/soatgaça oşirilsa, BHM 5 baravari (1 mln 225 ming söm), agar 40 km/soatdan oşirilsa unda 9 baravar (2 mln 205 ming söm) miqdorida jarima belgilangan.
👉 @xushnudbek 👈
