Fikr

Tezlikni oşirişdagi +10 km/soat istisno haqidagi qonun loyihasiga munosabat

Matn13-may, 2025, 16:382 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzAvstraliya transport hodisalari komissiyasi roligida tezlikni 5 km/soatga kamaytiriş halokat oqibatlarini qançalik özgartirişi körsatilgan.

Mantiqiy fikrlay oladiganlar uçun:

+10 km/soat istisno haqidagi qonunga asosiy sabab nimada, bilasizmi? Bu 66 km/soat tezlikda kelganlar tölayotgan jarimalarning köpligida.

Mana şu haydovçilar atigi 1 km/soat tezroq kelgani uçun jarima tölamasin, bu adolatdan emas, deyilyapti.

Lekin bu aldamçi tasavvur va bunda manipulyatsiya bor. Aslida 66 da kelgan haydovçilar ruxsat etilgan tezlikni atigi 1 km/soatga oşirgani yöq. Ular 6 km/soat tezroq kelgan! Çunki şahar içida ruxsat etilgan tezlik — 60 km/soat! Siz 61 yurişga ham haqqingiz yöq. Bu qoidalarning buzilişi hisoblanadi.

Hozir aksariyat haydovçilar 63-64 tezlikda yurişga örganib qolgan. 65 dan oşib ketmasa böldi, deyişadi. Mana şuning uçun ham baʼzan nişablik joylarida maşina kutganidan tezroq yurib ketadi va jarimaga tuşib qoladi. Lekin 63-64 yurganlar ham ongli ravişda qoidani buzmoqda va ular tölayotgan jarima heçam alamli emas. Çunki özlari şu yölni tanlayapti, özlari qoidalarni buzişni odatiy holga aylantirib olgan.

Hali bironta haydovçi 59 da yurgani uçun radar xato hisoblab, 66+ körsatgani haqida eşitganim yöq. Jaydari tilda aytganda, haydovçilar qoidalarga amal qilib, 60 dan oşirmay yurişsa, tezlik uçun jarima tölaş ehtimoli 0,001% böladi. Kim qoidalarni mensimasdan 65 ga taqab yursa, unda özidan körsin va aybni özidan qidirsin.

Aslida +5 km/soat istisnoni oşirişga heç qanaqa ehtiyoj yöq.

Hozir +10 km/soat istisno belgilaşsa, unda haydovçilar ongli ravişda 68-69 tezlikda yurişga ötadi. Buni heç kim nazorat qila olmaydi. Ommaviy ravişda şu yölga ötib olişadi. Natijada yana kimdir 71 km/soatda kelgani uçun jarima tölaydi va yana nolişadi, “tezlikni bor-yöği 1 taga oşiribman xolos, şunga jarima tölaşim adolatdanmi, undan köra 75 qilaylik” deyişadi.

75 qilgaç esa 76 km/soatda jarima tölayotganlar nolişni boşlaydi. Xullas, buyoği çeksiz ketaveradi. Tezlikni qança qilib belgilaşingiz qiziq emas, har doim, ha, HAR DOIM atigi 1 km/soat tezroq kelib jarima tölaydiganlar çiqaveradi.

Nahotki şunga qonun taşabbuskorlari va uni yoqlayotganlarning mantiği yetmayapti?

👉 @xushnudbek 👈

  • 11 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek