Pastdarğom tumani bandlik bölimi boşliği Tohir Qosimov lavozimidan ozod etildi
Samarqand viloyati Pastdarğom tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi boşliği Tohir Qosimov egallab turgan lavozimidan ozod etilibdi.
Bugun viloyat hokimligida ötkazilgan muhokama yakuni bilan şu qaror qabul qilingan. Bu haqda bizga hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.
Şuningdek, muhokama davomida barça rahbarlar yana bir bora qatʼiy ogohlantirilib, Prezidentning 2023-yil 10-apreldagi qarori mazmun-mohiyati tuşuntirilgan.
Tohir Qosimov “Mening yölim” loyihasi doirasida mahalla raislarini özi tanlagan taşabbuslarga ovoz berişlari haqida noqonuniy topşiriq bergani haqida keça yozgan edik.
P.S.: aslida bu işni tezkorlik bilan Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi qilişi kerak edi. Lekin qarğa qarğani közini çöqimaydi, degan prinsipni qilişdi şekilli, vazirlik aqalli birorta bayonot ham berib qöymadi.
👉 @xushnudbek 👈

