«Toşkent atrofi »kulrang« halqa bilan öralgan» — Ekologiya vazirligi havo ifloslanişining sabablari haqida
“Toşkent atrofi “kulrang” halqa bilan öralgan” — Ekologiya vazirligi havo ifloslanişining sabablari haqida
1️⃣ Vazirlik maʼlumotiga köra, havo ifloslanişining asosiy sabablaridan biri iqtisodiyot tarmoqlarining kömirga bölgan talabi ortib borayotgani, xususan, issiqxona xöjaliklarining kömir yoqilğisidan foydalanişga ötkazilişi:
Oxirgi 5 yilda iqtisodiyotda kömir isteʼmolining ösiş surʼati 22 foizdan oşdi. But davrda issiqxonalar soni 2,5 barobarga oşdi (Toşkent viloyatida — 2 barobar) va uşbu issiqxonalarning 60 foizi isitiş tizimining asosiy manbai sifatida kömirdan foydalanmoqda. 2018-yildan 2023-yilgaça Toşkent viloyatidagi Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasida kömirdan foydalaniş 2 barobarga oşdi.
"Poytaxt atrofida "yaşil halqa" örniga haqiqatda issiqxona xöjaliklaridan iborat "kulrang halqa" şakllandi va ular kömirdan foydalanişga ötgandan söng atrofdagi hududlar, şu jumladan, poytaxtning havo sifatiga nihoyatda salbiy taʼsir körsatmoqda", deydi vazirlik.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, 10 tonna kömir yoqilganda 220 kg qurum, 360 kg oltingugurt oksidi, 80 kg uglerod va azot oksidi hosil böladi.
2️⃣ Aholini issiqlik bilan taʼminlaş uçun issiqlik stansiyalari tomonidan mazutdan qöşimça yoqilği sifatida foydalaniş ifloslanişning ikkinçi sababi ekani qayd etildi:
Agar 2018-yilda Toşkent IESda 118,9 ming tonna mazut sarflangan bölsa, 2023-yilda bu körsatkiç 270 ming tonnadan oşdi (ösiş 2,3 barobar). Sönggi beş yilda Angren issiqlik elektr stansiyasida mazutdan foydalaniş qariyb 2 barobar oşdi.
3️⃣ Toşkent şahrida sanoatning ösişi ham har yili atmosferaga ifloslantiruvçi moddalar çiqarilişining köpayişiga olib kelmoqda:
Agar 2018-yilda Toşkent şahrida mamlakat jami sanoat mahsulotining 18,4 foizi işlab çiqarilgan bölsa, 2022-yilda bu körsatkiç 19,7 foizga yetdi.
4️⃣ Avtotransport vositalari sonining keskin ösişi ifloslanişning yana bir asosiy sababidir:
2021-yilda Özbekistonda 3,14 million avtomobil röyxatga olingan bölsa, 2023-yilda ularning soni 32 foizga oşib, 4,6 milliontaga yetdi. Ai-80 benzinidan foydalanadigan avtomobillar atmosferaga karbonat angidrid va mayda PM2,5 zarralari çiqindilarining katta qismini çiqarmoqda.
Toşkent böylab har kuni örtaça 730 mingga yaqin avtomobil harakatlanadi. Bundan taşqari, viloyatlardan poytaxtga kuniga 300 mingtagaça avtomobil kirib keladi.
5️⃣ Toşkent şahrini rivojlantirişning tasdiqlangan boş rejasisiz jadal surʼatlarda olib borilayotgan quriliş işlari:
Sönggi beş yilda birgina poytaxtda 5400 ta obʼyekt — turar-joy binolari, savdo, maişiy va ijtimoiy soha obʼyektlari (ösiş 33 foiz) barpo etildi.
Manba: GazetaUz
Eslatib ötamiz, avvalroq Ekologiya vazirligi vaziyatni yaxşilaş borasida öz takliflarini bergan edi.
👉 @xushnudbek 👈



