Toşkent mintaqadagi eng yirik IT-autsorsing konferensiyasiga mezbonlik qildi
Toşkent mintaqadagi eng yirik IT-autsorsing konferensiyasiga mezbonlik qildi
Poytaxtda ikki kun davomida 87 mamlakatdan 800 nafardan ziyod iştirokçi qatnaşgan “Şared Services and Offshore Outsourcing Conference” va boşqa köplab seminarlar bölib ötdi.
Maʼlumot uçun, bugungi kunda har oy örtaça 35 ta xorijiy kompaniya IT Park rezidentiga aylanmoqda. Bu esa xorijiy biznesning Özbekistonga işonçi ortayotgani va ular öz ofislarini oçiş uçun aynan şu yerni tanlayotganining belgisi, deya taʼkidlanmoqda.
Yaqin kelajakda Özbekiston global IT-autsorsing xaritasida yetakçi örinlardan birini egallaşi hamda 2030-yilga borib IT-xizmatlar eksporti hajmini 5 mlrd dollarga yetkaziş maqsad qilingan.
Bugungi kelişuvlar va yangi loyihalar mamlakatimizning Hindiston, Polşa va Filippin bilan yirik şartnomalar uçun raqobatlaşişi va xalqaro texnologik kompaniyalar uçun asosiy hamkorga aylanişi yölidagi qadam sifatida baholanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 127 Telegram Stars

