Xorijiy til öqituvçilariga sertifikat oliş muddati 2025-yil yakuniga qadar uzaytirildi
Sertifikat bo'yicha buyruq.pdf
PDF · 65 KB
❗️Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirining buyruği:
• kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bölmagan maktablardagi xorijiy til öqituvçilariga 2025-yil yakuniga qadar öz mehnat faoliyatlarini davom ettirişga ruxsat berildi. Boşqaça aytganda muddat uzaytirildi, lekin sertifikat talabi bekor qilinmaydi;
• talab darajasidagi sertifikatlarga ega öqituvçilar sertifikatlarining amal qiliş muddati öquv yili davomida tugaydigan bölsa, bu toifadagi öqituvçilarga öquv yili söngiga qadar işlaş imkoniyati beriladi;
• joriy öquv yilida umumiy örta taʼlim maktablarida yuzaga kelişi mumkin bölgan vakant lavozimlarga oliygohlarda xorijiy tillar öqituvçisi mutaxassisligi böyiça tahsil olayotgan hamda talab darajasidagi sertifikatga ega 3-4-kurs talabalari orasidan kadrlar zaxirasi şakllantiriladi;
• joriy yilning 1-dekabriga qadar sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik jarayonida malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda sertifikatga ega bölmagan xorijiy til öqituvçilari uçun qöşimça öquv maşğulotlari taşkil etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
