Toşkent osmonida bugundan laboratoriya samolyoti uçadi
Toşkent osmonida bugundan laboratoriya samolyoti uçadi
❗️“Özaeronavigatsiya” xabariga köra, 20-avgustdan boşlanadigan rejali parvoz tekşiruvlari bir neça kun davom etadi.
Bu parvozlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti hamda Özbekiston fuqaro aviatsiyasining amaldagi meʼyoriy hujjatlariga muvofiq, radiotexnik vositalarining belgilangan talablarga muvofiqligini hamda havo kemalarining xavfsiz va muntazam parvozini taʼminlaş maqsadida amalga oşiriladi.
Tekşiruv jarayonida samolyotlar poytaxt uzra taxminan 1000 metr balandlikda turli yönaliş va manyovrlarda 6 soatgaça parvoz qilişi mumkin.
Markaz samolyot bir hudud ustidan bir neça bor uçib ötişi va odatdagidan farqli manyovrlarni amalga oşirişi mumkinligini eslatib, xavotirlanişga heç qanday asos yöqligini bildirdi.
👉 @xushnudbek 👈


