Toşkent şahar 7-son klinik şifoxonasiga yordam sörab kelgan bemor şifokorga stul uloqtirdi

Video23-noyabr, 2023, 11:531 daqiqa0 koʻrish

Toşkent şahar 7-son klinik şifoxonasiga yordam sörab kelgan bemor uni virusolog-mutaxassis körigiga yönaltirgan şifokordan norozi bölib, unga qarata stul uloqtirgan. Holat yuzasidan 22-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi oçilgan.

Internetda şifokorga öta qöpol muomalada bölgan yigit “tuman prokurori yordamçisi” ekani haqida maʼlumotlar tarqalgandi. Biroq Boş prokuratura matbuot xizmati buni rad etib, uşbu şaxs prokuratura organlarida xizmat qilmasligi, oliy taʼlim muassasasi talabasi ekani, ammo u qaysi OTMda öqişi oşkor qilinmasligini maʼlum qilgan.

Maʼlum bölişiça, öşa şaxs şifoxonadagi qayd daftari uçun özi haqida maʼlumot berişda iş/öqiş joyini “Boş prokuratura huzuridagi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi” deya körsatgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek