Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan özini 9-qavatdan pastga taşladi
Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan özini 9-qavatdan pastga taşladi
Aniqlanişiça, 3-aprel kuni soat 19:20 larda Sergeli tumani 8-mavzedagi köp qavatli uyida yaşab kelgan 27 yoşli ayol ikki nafar öğli va bir nafar qizini qasddan öldiriş maqsadida, 9-qavatdan birin ketin derazadan taşlab yuborib, söngra özi ham oynadan sakrab öz joniga qasd qilgan.
Oqibatda barçasi hodisa joyida vafot etişgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97- (qasddan odam öldiriş) va 103-modda (özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) lari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Boş prokuraturaga köra, marhuma ayol Toşkent viloyati Zangiota tumanida turmuş örtoği bilan istiqomat qilgan xonadonda 2022-yil oktyabr oyida yonğin sodir bölganligi sababli farzandlari bilan birga onasining Sergeli 8-mavzesidagi uyiga kelib, ular bilan birga istiqomat qilib kelgan. Uşbu holatlar uning ruhiyatiga salbiy taʼsir körsatgan.
👉 @xushnudbek 👈

