Toşkent şahrida Amerika texnologiyalar universiteti taşkil etildi
Toşkent şahrida Amerika texnologiyalar universiteti taşkil etildi
Prezident qaroriga köra, universitet muhandislik, soğliqni saqlaş, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uçun oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlaydi.
Universitet faoliyati 2024/2025-öquv yilidan boşlanib, talabalarni öqitiş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
Bitiruvçilarga Arizona davlat universitetining yoki Amerika Qöşma Ştatlarida tan olinadigan hamkor xorijiy oliy taʼlim taşkilotining diplomi beriladi. Bunda bitiruvçilarga berilgan diplom Özbekiston Respublikasida tan olinadi.
Universitetda qöşma taʼlim dasturlarining xorijiy universitetda öqiş qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boşqa şaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oşiriş imkoniyati yaratiladi.
👉 @xushnudbek 👈

