Fikr

UzBMB özini jinnilikka solişni zör eplayapti

Matn17-iyul, 2024, 19:353 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

UzBMB özini jinnilikka solişni zör eplayapti. Huquq sohasidagi vakolatli davlat organlari ham pozitsiyasini aytişi kerak
#abituriyent

Huquq faniga oid eʼtirozlar böyiça UzBMB naq 3 marta bayonot berdi. Uçalasida ham asosiy savolga javob yöq, faqat aravani quruq olib qoçib, safsata töqişdan boşqasiga ötmayapti. Yoki ular eʼtiroz nimadaligini tuşunmayapti yoki tuşunsa ham, atayin özini tuşunmaslikka olyapti.

Şaxsan mendagi asosiy eʼtiroz: nima uçun testda kodekslarda keltirilgan turli huquqbuzarliklar uçun jazo qismidan savol bergansizlar? Sanksiya qismini heç kim heç qayerda söramaydi.

4 yillik oliy taʼlimdagi talabadan ham söralmaydi, magistrdan ham söralmaydi, doktorantdan ham söralmaydi, sudyadan ham söralmaydi, prokurordan ham söralmaydi, tergovçidan ham söralmaydi, advokatdan ham söralmaydi, professoru akademikdan ham söralmaydi.

Huquqning "h" harfini ham tuşunmaydigan, istalgan matndan test tuzsa böladi, deb öylaydigan uquvsizlargina buni testda savol qilib berişi mumkin, xolos.

❓Nega oliy maʼlumotli, butun boşli inson taqdirini hal qiladigan yuristlar bilişi şart bölmagan narsani keçagina maktabni tugatgan ösmirlardan sörayapsizlar?

Nima deyayotganimni tuşunyapsizlarmi özi?

Tuyaquşga öxşab qumning içiga tiqib olgan boşingizni kötarib, mundoq bir atrofga ham qaranglar. Agar gaplarimiz "yetib kelmayotgan" bölsa, unda ana Oliy sud bilan, Boş prokuratura bilan, Adliya yoki Içki işlar vazirligi bilan, Davlat xavfsizlik xizmati bilan boğlanib, ulardan sörab köringlar. Ular ham yangi xodimlarni işga olayotganda, attestatsiyadan ötkazayotganda test qiladi, ularda ham bevosita öquv jarayoni bilan şuğullanadigan akademiya, universitet va oliy maktab bor, professional huquqşunos pedagoglar bor. Ulardan bir oğiz telefon qilib söranglar.

"Biz keçagina maktabni tugatgan öquvçilarga kodeksdagi falon qilmiş uçun nima jazo beriladi, degan savolni berdik, testda sanksiya qismini söradik, şu töğrimi? 1-2 ta ğalamis blogerlar öziça eʼtiroz bildiryapti" deb sörab köringlar. Keyin ularning javobini eşitinglar. Katta ehtimol bilan "aqldan ozib qolibsizlar, qaysi qöling singir bunaqa test tuzdi" degan javobni eşitsangiz kerak.

UzBMB saytida eʼlon qilingan huquq fanidan namunaviy test savollarini körib çiqdim. Bironta sanksiyaga oid savol yöq ekan. Konstitutsiyadan boşqa bironta begona qonundan ham savol yöq. Hammasi bir çiroyli, maktab öquvçisi darajasidagi savollar. Ammo joriy yilda testda tuşgan savollar mutlaqo boşqa.

Xullas, özingizni jinnilikka solib, bölgan-bölmagan bayonotlar bergandan köra, avval huquq sohasidagi vakolatli organlar bilan boğlanib, ulardan fikr olinglar. Bölajak huquqşunoslarga kelgusida ular iş beruvçi böladiku, şuning uçun testning adekvat ötişi ularni ham qiziqtirişi kerak.

Agarda men aytgan taşkilotlar "maktab bitiruvçilari kodeksdagi sanksiyalarni yoddan bilişi kerak, bizga şunaqa öquvçilar kerak, çunki hamma xodimimiz sanksiyani yoddan bilişi şart" deb xulosa berişsa, unda barça aytgan gaplarim uçun oçiq tarzda uzr sörayman.

Söranglar, oldin bir martagina söranglar. Keyin gaplaşamiz sizlar bilan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek