Toşkentda Markaziy Osiyo universitetlari forumi bölib ötdi

Albom16-oktabr, 2024, 15:532 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Toşkentda Markaziy Osiyo universitetlari forumi bölib ötdi

Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda boşqa hamkorlar bilan ötkazilgan forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylaşgan va taʼlim rivoji uçun dunyo miqyosida iş olib borayotgan 60 dan ortiq xalqaro taşkilotlar, şuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar, xususan, Massaçusets texnologiya instituti va Kembrij kabi nufuzli oliygohlardan vakillar hamda yurtimizdagi qator oliy taʼlim muassasalari vakillari iştirok etdi.

Forum doirasida bir qator olimlarning oçiq maʼruzalari taşkil etildi, jumladan:

— italiyalik olim, hisoblaş fizikasining dunyoga maşhur arbobi va qora tuynuklarning birinçi tasvirlarini yaratuvçilaridan biri bölgan Luçiano Rezzolla;

— nufuzli iqtisodçilaridan biri, 2014-yilda Nobel mukofoti laureati bölgan Jan Tirol;

— Massaçusetts texnologiya instituti akademik rivojlaniş böyiça kansleri professor Erik Grimson.

Şuningdek, Forum doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlaş marosimi hamda xalqaro nufuzli mehmonlar bilan muhokama va uçraşuvlar ötkazildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek