Toşkentda Milliy boğdagi 6 yil avval quritilgan köl qayta tiklanmoqda
Toşkentda Milliy boğdagi 6 yil avval quritilgan köl qayta tiklanmoqda
Çilonzor tumani Beşyoğoç mahallasida, Magic City va Milliy boğga tutaş hududda sunʼiy köl va dam oliş maskani qurilmoqda.
Loyihaning umumiy maydoni 23 ming kvadrat metr (2,3 gektar) bölib, şundan 18,7 ming kvadrat metri sunʼiy köl uçun ajratilgan. Kölning suv siğimi qariyb 37,4 ming kub metrni taşkil etadi.
Loyiha doirasida 150 tup yangi daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Şuningdek, dam oluvçilar uçun umumiy uzunligi 4,6 ming metr bölgan piyodalar va veloyölaklar, 2 ta favvora taşkil etiladi.
Loyihaning öziga xos meʼmoriy yeçimlaridan biri köl hududida örnatilişi rejalaştirilayotgan 30 metr balandlikdagi aylanuvçi arkali ramziy darvozadir.
ℹ️ Maʼlumot uçun, Toşkentda jami 12 ta sunʼiy köl taşkil etiş rejalaştirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars
