Toşkent şahri va viloyatiga elektr taqsimlovçi 171,4 mln dollarlik yangi podstansiya işga tuşirildi
Toşkent şahri va viloyatiga elektr taqsimlovçi 171,4 mln dollarlik yangi podstansiya işga tuşirildi
Bugun, 7-noyabr kuni yangi 500 kVli “Halqa” podstantsiyasiga kuçlaniş berildi.
Taʼkidlanişiça, podstansiya Özbekistondagi eng yirik va zamonaviy yuqori kuçlanişli obyektlardan biri bölib, 1602 MVA quvvatga ega.
“Eng muhimi, yangi podstansiyaning işga tuşirilişi natijasida Toşkent şahri va Toşkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi. Natijada Toşkent issiqlik elektr stansiyasiga tuşadigan yuklama kamayib, stansiyada mazut yoqilğisidan foydalanişga ehtiyoj qolmaydi”, - deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Umumiy qiymati 171,4 mln AQŞ dollarini taşkil etgan loyiha Jahon banki iştirokida amalga oşirildi. Uning doirasida, şuningdek, 220 kVli 213 kilometr va 500 kVli 72 kilometr, jami 285 kilometr yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari barpo etildi.
👉 @xushnudbek 👈
