Toşkentda Özbekiston Kasaba uyuşmalari kuniga bağişlangan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi

Albom11-noyabr, 2022, 22:322 daqiqa0 koʻrish

Toşkent şahri markazida qayta tiklangan sobiq “Sverdlov” nomli konsert zali binosida 11-noyabr – Özbekiston Kasaba uyuşmalari kuniga bağişlangan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi.

Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Kasaba uyuşmalari aʼzolari va faollariga bayram tabrigi öqib eşittirildi.

Bayram tadbirida bir guruh yurtdoşlarimizga “Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi laureati” mukofoti hamda “Ehtirom nişoni” topşirildi.

“Eng yaxşi sanatoriy” nominatsiyasi ğolibi bölgan Abu Ali ibn Sino sanatoriysiga esa Federatsiyaning Sanator-kurortlar boşqarmasi mablağlari hisobidan 100 mln söm ajratildi.

Şuningdek, Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan “Eng yaxşi mahalla raisi”, “Eng yaxşi sektor rahbari”, “Eng namunali iş beruvçi ayol”, “Eng yaxşi hokim yordamçisi”, “Eng yaxşi yoşlar yetakçisi”, “Eng yaxşi xotin-qizlar faoli” tanlovlari ötkazildi.

Mazkur tanlovlarda 3-örinni qölga kiritgan ğoliblarga “Spark” avtomobili, 2-öringa “Cobalt” avtomobili, 1-öringa “Gentra” avtomobili kalitlari topşirildi.

Fursatdan foydalanib, 11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan yurtimizdagi barça kasaba uyuşmalari aʼzolari va xodimlarini çin qalbdan tabriklayman! Mehnatkaşlarning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilişda kuç-quvvat tilayman!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek