Toşkent xalqaro kinofestivalining ğoliblari aniqlandi
Toşkent xalqaro kinofestivalining ğoliblari aniqlandi
Kuni keça Toşkentda ötkazilgan xalqaro kinofestivalning yopiliş marosimi bölib ötdi.
Kinematografiya agentligi matbuot xizmatining xabar berişiça, festival söngida "Kino 5 kunda" xalqaro tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi ötkazilgan va quyidagilar ğolib deb topilgan:
1-örin: Temur Murodov boşçiligidagi ijodiy guruh "Kaseta" qisqa metrajli filmi uçun 15 ming AQŞ dollari pul mukofoti (Özbekiston);
2-örin: Nariman Taktakulova va uning ijodiy jamoasi "Tuproq" qisqa metrajli filmi uçun 10 ming AQŞ dollari pul mukofoti (Qirğiziston);
3-örin: Feliks Kalmenson va uning ijodiy jamoasi "Quyoş uçun qöşiq" filmi uçun 7 ming AQŞ dollari pul mukofoti (Kanada).
Maʼlumot uçun: tanlov dasturida 1500 nafardan ortiq yoş kinoijodkorlar, dunyoning 19 ta yetakçi kino maktabi vakillari iştirok etdi.
👉 @xushnudbek 👈

