Toşkent xalqaro aeroportida yangi telefonlarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş vaqtinça töxtatildi
❗️Toşkent xalqaro aeroportida yangi telefonlarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş vaqtinça töxtatildi
Keça ijtimoiy tarmoqlarda aeroportda xorijdan olib kelingan smartfonlar IMEI tekşiruvi uçun 30 kungaça olib qolinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz kuzatuviga köra, şu fonda Toşkentdagi “Malika” bozorida ayrim iPhone 18 modellari narxi bir kunda 50–400 dollarga oşgan.
Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning Gazeta.uzʼga maʼlum qilişiça, rasmiylaştiriş töxtatilişi xorijdan olib kirilayotgan yangi telefonlarga, şuningdek, IMEI kodi ilgari Özbekiston operatorlari tarmoğida qayd etilmagan qurilmalarga tegişli. Bu qoida turistlarga tatbiq etilmaydi.
ℹ️ Bunday telefonlar dalolatnoma asosida vaqtinça olib qolinadi va rasmiylaştiriş tiklangaç egalariga qaytariladi. Jarayon qaçon tiklanişi hozirça aytilmagan.
Qömitaga köra, sönggi paytlarda IMEI kodlarini soxtalaştiriş orqali bojsiz olib kiriş normasini aylanib ötişga urinişlar köpaygan. Yil boşidan buyon “Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan 8,8 mlrd sömlik 1 ming 185 dona telefonni noqonuniy olib kirişning oldi olingan.
👉 @xushnudbek 👈


