Muhim

«Ular» loyihasidan navbatdagi hujjatli film: SUV!

Matn20-noyabr, 2022, 17:021 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Ular” loyihasidan navbatdagi hujjatli film: SUV!

👉 https://youtu.be/-6n9ayTJZJM

❗️Buni hamma körişi kerak. Nega?!

Çunki allaqaçon dunyoning deyarli barça nuqtalarida suvni tejaş, isrof qilmaslik boşlangan. Muqobil suv manbalarini yaratiş ustidagi ilmiy tadqiqotlarga millionlab dollar sarflanmoqda.

Ammo Özbekistonda bu böyiça muammolar ançagina katta. Ham qişloq xöjaligida, ham maişiy hayotda suvni isrof qiliş böyiça yetakçi örinlarda turamiz. Yetakçi deganda qanaqadir 10-15-örinlarni emas, 1-2-örinlarni aytyapman. Tasavvur qilyapsizmi, suvni isrof qilişda dunyoda bizga teng keladigan davlatlar juda kam. Afsuski bu maqtanadigan emas, açinarli statistika.

Eng alam qiladigani, suvni eng köp isrof qiladigan bu davlatda Orol fojiasini körişgan, suvsizlikdan minglab aholisi oğir kasallikka uçragan, yuzlab qişloqlarida umuman suv yöq yoki noiloj loyqa suv içişadi. Lekin atrofimizda bölayotgan şunça voqealar ham bizning közimizni oçmagan. Biz baribir yozda vannada soatlab içimlik suvini oqizib tarvuzni sovutamiz, şlanglarda soatlab suv oqizib gilam yoki maşina yuvamiz. Va bundan zarraça vijdonimiz qiynalmaydi.

Ha, afsuski şunaqa öziga xos odamlarmiz. Özbekona model asosida yaşaymiz.

👉 https://youtu.be/-6n9ayTJZJM

Xullas, dam oliş kunida imkon topib, albatta hujjatli filmni köring. Film ijodkorlari muammoga boşqaçaroq rakursda nazar solişgan. Xulosa çiqariş uçun.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek