Örta maxsus maʼlumotli öqituvçilar uçun qöşimça kvotalarga ötiş ballari
❗️Örta maxsus maʼlumotli öqituvçilar uçun qöşimça kvotalarga ötiş ballari
Bunda 1012 nafar öqituvçilar 13 ta OTMning 23 ta yönalişiga qabul qilingan.
Talabalikka tavsiya etilgan öqituvçilar röyxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/16986
Ayrim yönalişlarda avval eʼlon qilingan kvotalar soni özgargan. Buning sabablari ham jadvalda körsatilgan.
Masalan, Samarqand davlat universitetining Özbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida sirtqi taʼlim yöqligi sababli, unga ajratilgan 100 ta kvota Qarşi davlat universitetining Pedagogika instituti hamda Termiz davlat universitetining Pedagogika institutiga bölib berilgan.
“Meni nega qabul qilişmadi?” deb öylanayotgan aksariyat öqituvçilar mana şu ötiş ballariga nazar taşlab qöyişsa, yomon bölmasdi. Demak, ular ötiş balini töplay olişmagan.
❗️56,7 balldan oşirsa böldi, hamma öqituvçi talaba böladi, degan miş-miş yolğon. Bunaqa gap heç qaçon bölmagan. Aniq kvota soni borligi uçun ötiş bali ham böladi.
👉 @xushnudbek 👈


