Ötgan yili qöşimça örinlarga kirgan magistr xotin-qizlarning kontraktlari ikkinçi kursda qoplab beriladimi?
❓Ötgan yili qöşimça örinlarga kirgan magistr xotin-qizlarning kontraktlari ikkinçi kursda qoplab beriladimi?
✅ JAVOB: Ha, TÖLIQ qoplab beriladi.
Xabaringiz bor, davlat OTMlarining magistratura bosqiçida öqiyotgan talaba xotin-qizlarning öquv yili uçun tölov-kontraktning töliq summasi Davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplab beriladi.
Buning uçun talaba qizlar 15-sentabrga qadar rektor nomiga ariza yozişlari kerak. Qoidaga köra, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt tölovlari (super-kontrakt) tölab berilmaydi.
Ammo bir savol köplab xotin-qizlarni öylantirmoqda. Ötgan yili magistratura bosqiçiga kira olmagan köplab talabgorlar qöşimça örinlarga qabul qilingan edi. Ular birinçi kursda bazaviy kontraktdan qimmatroq summa tölaşgan. Xöş, ikkinçi kursda ularning kontraktlari davlat tomonidan qoplab beriladimi?
Uşbu masalaga aniqlik kiritiş maqsadida Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri örinbosari Sarvarxon Buzrukxonov bilan boğlandim.
Berilgan izohga köra, ötgan yili qöşimça örinlarga kirgan magistrlar bir yillik öqitişning real xarajatlarini qoplaş şarti bilan qabul qilingan. Şu sababli ular belgilangandan köproq summa tölaşgan. Ammo bu tabaqalaştirilgan kontrakt emas. Şu sababli ötgan yili qöşimça örinlarga qabul qilingan magistrlar ikkinçi kursda ham kontrakt uçun real xarajatlarni qoplaşi kerak böladi, yaʼni bu yil ham ular bazaviydan qimmatroq tölaydi.
Lekin ötgan yili qöşimça örinlarga qabul qilingan magistr xotin-qizlarning ikkinçi kurs uçun tölov-kontraktlari summasi TÖLIQ davlat tomonidan qoplab beriladi.
Mendagi maʼlumotlarga köra, ayrim OTMlar arizani "faqat bazaviy miqdorni qoplaşingizni söraymiz" deya yozdirib olişayotgan ekan. Bu notöğri. Bunday OTMlardan özboşimçalik bilan magistr xotin-qizlar zarariga qaror qabul qilmasdan, vazirlikdan aniqlaştirib olişlarini iltimos qilardik.
👉 @xushnudbek 👈



