Muhim

Uy olaman deb aldanganlar: mingdan ortiq jabrlanuvçi va 300 mlrd söm zarar

Matn7-iyul, 2023, 14:341 daqiqa0 koʻrish

Uy olaman deb aldanganlar: mingdan ortiq jabrlanuvçi va 300 mlrd söm zarar

Toşkent şahrida “Aziya Invest Favorit” MÇJ quriliş kompaniyasi tegişli hududda turar joy majmuasi qurişga ruxsati bölmagan holda fuqarolardan hali qurilmagan kvartiralar uçun tölovlarni qabul qilib olgan.

Uy esa qurilmagan. Mingdan oşiq odamlar pullarini qaytarib ololmayapti. Kun.uzʼning yozişiça, yetkazilgan zarar 300 mlrd sömdan oşadi.

Holat böyiça Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Qonunbuzarlar tergovdan yaşirinişgan.

Nikita Makarenkoning yozişiça, uşbu masala yuzasidan Boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiyaga 20-iyulga qadar muammoli vaziyatga yeçim topiş, uy-joy kompleksi quriliş işlarini qanday qilib oxiriga yetkaziş böyiça taklif işlab çiqiş vazifasi yuklatilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek