DXX: Odamlardan 8 mln dollar ömargan kiberjinoyatçilar qölga olindi
❗DXX: Odamlardan 8 mln dollar ömargan kiberjinoyatçilar qölga olindi.
Aniqlanişiça, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida yaşovçi, 1989–2005-yillar oraliğida tuğilgan 5 nafar şaxs Mirobod tumanidagi noturar binoni ijraga olib, soxta Call-markaz taşkil etişgan.
Ular turli banklar nomidan odamlarga qönğiroq qilib, goʼyoki firibgarlar ularning nomiga kredit olişga urinayotganini aytib, şaxsiy maʼlumotlarini qölga kiritiş orqali ularning bank kartalaridagi pullarini özlaştirişgan hamda nomlariga onlayn kreditlar rasmiylaştirişgan.
Guruh bilan boğliq boşqa şaxslar ham noqonuniy GSM-şlyuz qurilmalarini örnatişda iştirok etgan, ular orasida yirik banklardan birining kiberxavfsizlik bölimi xodimi ham bölgan.
Maʼlumotlarga köra, ular jinoiy yöl bilan topilgan 8 mln dollarni kriptovalyuta körinişida soxta MÇJ orqali xorijiy davlatga olib çiqib, legallaştirişgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov jarayonida ularga aloqador bölgan 10 nafar şaxs aniqlangan.
👉 @xushnudbek 👈

