Uzoq kutilgan qaror vanihoyat qabul qilindi
VMQ-403 Nodavlat ta'lim 30.06.2025.pdf
PDF · 1,4 MB
❗️Uzoq kutilgan qaror vanihoyat qabul qilindi. Endi xususiy oliygohlarga ham litsenziya beriş boşlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat taʼlim xizmatlari sifatini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi 403-sonli qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda ÖzA.
📄 Qaror bilan, nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalaşning qöşimça şartlari sifatida quyidagilar belgilandi:
🔹 taşkil etilayotgan oliy taʼlim taşkilotining konsepsiyasi taqdim etiladi;
MAQSAD: taʼlim sohasiga kimlar kirib kelyapti, ularning qölida malakali kadrlari bormi, uzoq muddatli istiqbolda qanday rejalarni öz oldiga maqsad qilgan, sifatni taʼminlaş uçun nimalar qilişmoqçi, kabi savollarga javob oliş.
🔹 nodavlat oliy taʼlim taşkilotining dastlabki ustav fondi (ustav kapitali) 2 mln AQŞ dollari ekvivalentidan kam bölmagan miqdorda şakllantiriladi (keyinçalik talabalar sonining köpayib borişiga mutanosib ravişda ustav fondi oşirib boriladi);
MAQSAD: talabalarga yetarli şaroit yaratiş uçun dastlabki mablağlar tikilişini taʼminlaş. Bunda taʼsisçilar ustav fondidagi mablağlarni moddiy-texnik bazasini şakllantiriş, öquv dasturlari uçun zarur jihozlar va dasturiy taʼminotlarni sotib olişga sarflaşi mumkin. Aslida unça katta bölmagan va barça şaroitlarga ega oliygoh oçiş uçun taxminan 10-15 mln AQŞ dollari ketadi.
🔹 350 ming AQŞ dollari ekvivalentidagi mablağlar tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylaştiriladi;
MAQSAD: mabodo qaysidir xususiy oliygoh turli sabablarga köra (taʼsisçilari özaro kelişolmay qoldi yoki bankrot böldi, qoidalarni bajarmagani uçun litsenziyasi olib qöyildi va h.k.) yopilib ketsa, öşa yerda öqiyotgan talabalarning kontrakt pullarini qaytarib beriş kafolatini taʼminlaş.
🔹 taşkil etilayotgan OTMning bino va inşootlari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bölmasligi lozim. Bunda bino universitetning öz mulki bölişi şart emas, kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalaniş) şartnomasi asosida iş boşlaş ham mumkin;
MAQSAD: kamida institut maqomiga ega böliş uçun talabalarni öqitadigan binosi yetarli darajada maydonga ega bölişi kerak, xuddi öquv markazlariga öxşab 5-6 ta xona bilan oliygoh oçişmasin, deyişmoqda.
🔹 OTM taşkil etilgan vaqtdan boşlab dastlabki 5 yil davomida yillik sof foydasining kamida 80 foizi, keyingi yillarda esa kamida 50 foizi mazkur taʼlim taşkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirişga yönaltiriladi.
MAQSAD: xususiy oliygohlarni faqat “soqqa işlaş” uçun oçişmasin, özining topgan pulini taʼlimga sarflaşsin, deyişmoqda. Aslida ham universitetlar daromad oladigan maskanlar emas. Normal işlaydigan va doim sifatga eʼtibor beradigan universitetlar 30-40-yilda ham daromadga çiqa olmaydi, faqat zarar bilan çiqadi. Çunki taʼlim sohasi muntazam reinvestitsiya talab qiladi. 1 söm pul topsa, 2 söm qilib qaytarib, yana universitetga tikiş kerak böladi. Masalan, talabalarning kontraktidan 1 mlrd söm pul tuşdi, şuning 500 mln sömini yeçib olib, uy sotib olay, deyilmaydi.
🗓 Uşbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.
❗️Qaror kuçga kirgunga qadar litsenziya olgan tadbirkorlik subyektlari 2026-yil 1-yanvarga qadar öz faoliyatini yangi litsenziya talablari va şartlari asosida taşkil etişi lozim.
👉 @xushnudbek 👈


