Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari uçun 1 452 ta davlat granti tasdiqlandi
❗️Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari uçun 1 452 ta davlat granti tasdiqlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegişli buyruği bilan 2026/2027-öquv yili uçun respublikada faoliyat körsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga 1 452 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Eslatib ötamiz, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga qabul jarayonlari iyun–sentyabr oylari davomida bölib ötadi. Qabul töliq yakunlangaç, muayyan xorijiy va nodavlat OTMga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uçun davlat granti ajratilgan taʼlim sohalari böyiça tanlovda qatnaşiş imkoniyati yaratiladi.
📝 Tanlov tartibi:
🔹 Tölov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar grant örinlari uçun belgilangan tartibda röyxatdan ötadilar (PQ–4319-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdorda tölov undiriladi);
🔹 Röyxatdan ötgan abituriyentlar uçun alohida test sinovlari taşkil etiladi;
🔹 Test sinovlari natijalariga köra töplangan ballar ketma-ketligi böyiça şakllantirilgan röyxat tegişli oliy taʼlim taşkilotlariga yetkaziladi.
Davlat oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş imtihonlarida qatnaşib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham töplagan ballari asosida mos bakalavriat taʼlim yönalişlariga uşbu grant tanlovida iştirok etiş huquqi beriladi.
ℹ️ Test sinovlarini ötkaziş va röyxatdan ötişning aniq muddatlari qabul jarayonlari töliq yakunlangaç qöşimça ravişda eʼlon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈

