Tezkor

Bojxona organlari xodimlari farzandlari uçun 710 ta qöşimça kvota tasdiqlandi

Albom28-iyul, 2025, 12:452 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️KVOTA-2025
#abituriyent

Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uçun qöşimça 2%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti

✅ Jami: 710 ta qöşimça kvota tasdiqlandi.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinçi yönaliş uçun amal qiladi. Ikkinçi, uçinçi va h.k. yönalişlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beşta yönaliş tanlay olişadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, öz bali bilan el qatori umumiy kvotada kuraşadi.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?

Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?

Masalan, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida bojxona organlari xodimlari farzandlari uçun 29 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 50 nafar tavsiyanomali abituriyent TDIUni birinçi yönaliş sifatida tanladi. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir iqtisodiyot, kimdir soliq, kimdir buxgalteriya va h.k.

Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu 50 nafar bojxona organlari xodimlari farzandlari töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 29 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga grant asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 21 nafar abituriyent esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.

❓Bojxona organlari xodimlari farzandlariga ball qöşib beriladimi?

Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi. Ular özlari töplagan ball bilan bellaşadi.

‼️Uşbu imtiyozdan foydalaniş uçun abituriyent kamida 68 ball töplagan bölişi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qöllanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek