Tushuntirish

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

Foto30-iyul, 2024, 17:423 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓ Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
#abituriyent

Uşbu postda ehtiyojmand xotin-qizlar uçun berilgan tavsiyanoma qanday hisoblanişini aniq misol bilan tuşuntirmoqçiman.

Juda köp xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq öqişga kiraman" deb öylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan taşqari ular yuqori ball ham töplaşi kerak, yaʼni bilim ham muhim.

Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika böylab kunduzgi taʼlimga davlat granti asosida jami 2 mingta QÖŞIMÇA kvota ajratilgan. Sirtqi, keçki va masofaviy taʼlimda imtiyoz berilmaydi.

❗️Köpçilik tavsiyanoma olganlar "menga ball qöşib beradi", deb öylaydi. Bu ham xato. Mazkur tavsiyanoma heç qanaqa ball qöşib bermaydi.

‼️BU MUHIM: 2 mingta örin uçun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun imtiyozli kvota faqat BIRINÇI yönalişga ötadi. Şu sababli birinçi yönalişga kunduzgi taʼlimni tanlaş kerak. Agar birinçi yönalişga sirtqi, keçki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyozli kvotaga daʼvogarlik qila olişmaydi. Yaʼni tavsiyonama kuyadi. Birinçiga kunduzgini tanlab, 2, 3, 4 yoki 5-yönalişga sirtqi, keçki, masofaviyni tanlaş mumkin.

Kvotalar hududlar kesimida bölib çiqilgan. 2024-yilgi kvota mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24830

Hisoblaş tartibi

Keling, Samarqand misolida körib çiqamiz. Samarqand viloyatida yaşaydigan va tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun jami 227 ta qöşimça kvota ajratilgan.  Demak, uşbu kvotalar Samarqandda doimiy röyxatda (propiska) turadigan xotin-qizlar uçun ajratilgan, Samarqanddagi OTMlarga hujjat topşirganlar uçun emas. Samarqandlik tavsiyanoma olgan xotin-qizlar faqat Samarqandga hujjat topşirişi şart emas, ular istalgan hududni (masalan, Toşkent) tanlaşi mumkin.

❓Xöş, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qöllanadi?

Buning tartibi quyidagiça, yuqoridagi rasmga qarang, tuşuntiraman:

➖ tuşuniş osonroq bölişi uçun Samarqand viloyatiga 5 ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz;

➖ aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi;

➖ yuqoridagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topşirgan (bu yerda osonroq tuşunarli bölişi uçun OTMlar nomlarini oldim, yönalişlarga bölib ötirmadim);

➖ abituriyentlar turliça ball töplaşdi;

➖ endi ularni olgan baliga qarab taxlab çiqamiz, xuddi 2-rasmdagi kabi;

➖ Samarqanddan tavsiyanoma olgan barça xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abituriyentlar grant asosida qöşimça kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yaşil rang bilan berilgan);

➖ rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini köriş mumkin;

➖ qolgan xotin-qizlar özining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda iştirok etadi, yaʼni imtiyoz doirasida öqişga kira olmasa ham umumiy tartibda tanlovda qatnaşaveradi.

Qissadan hissa şuki, Samarqand viloyatida jami aytaylik ming nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan bölsa, ular orasidan eng köp ball töplagan 227 nafar xotin-qizlar davlat granti asosida qöşimça kvotaga qabul qilinadi.

ℹ️ Faqat yana bir jihati bor:

Dastlabki yillarda kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. 2022-yildan boşlab 3 ta sohaga alohida kvota ajratilmoqda:

1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari;

Mana şu uçta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boşqa barça sohalar uçun böladi.

Sohalar kesimida 2023-yilgi ötiş ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20881

‼️MASLAHAT: agar bilimlaringiz yuqori bölmasa, unda ötiş bali pastroq sohani, yaʼni TEXNIKA sohasini birinçi yönaliş sifatida tanlang. Çunki har yili texnika sohasida ötiş bali past böladi (70 ball atrofida).

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek