Xotin-qizlarga tavsiyanoma oliş uçun arizalar qabuli boşlandi
⚡️ Xotin-qizlarga tavsiyanoma oliş uçun arizalar qabuli boşlandi
#abituriyent
Mutaxassisligi böyiça kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bölmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinişi belgilangan.
Uşbu imtiyozdan foydalanmoqçi bölgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qömitasining tavsiyanomasiga ega bölişlari lozim.
📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (şu kuni ham) ariza bilan doimiy yaşaş yoki vaqtinça röyxatda turgan joyidagi tuman (şahar) Işçi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
➖ mehnat daftarçasi (elektron mehnat daftarçasi)dan köçirma;
➖ örta-maxsus yoki professional taʼlim böyiça diplom.
Imtiyoz qöllanişi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477
Tasavvur hosil qiliş uçun ötgan yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda öqişingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/14934
❗️ESLATMA: ötgan yili tavsiyanoma olgan, lekin öqişga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topşirişi şart emas. Ötgan yilgi tavsiyanoma haliyam kuçga ega, öşa bilan topşirişlari mumkin.
‼️ESLATMA-2: Ötgan yili tavsiyanoma olib, öqişga kirganlarning tavsiyanomasi esa öz kuçini yöqotgan, yaʼni kuygan böladi.
ℹ️ Tavsiyanoma oliş uçun talabgorlar quyidagi mezonlarning barçasiga muvofiq kelişi kerak:
➖ örta maxsus yoki professional taʼlim böyiça mutaxassislikka ega bölişi;
➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;
➖örta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi böyiça kamida beş yillik mehnat stajiga ega bölişi.
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (şahar) Işçi guruhlari tomonidan örnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari körib çiqiladi va tavsiyanoma beriş yoki tavsiyanoma berişni rad etiş töğrisida xulosa qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
