Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi?
❓Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi?
#abituriyent
✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz öqişga kira olmagan bölsangiz, demak töplagan balingiz yetmagan.
Joriy yilda ham xotin-qizlar uçun maxsus 2 mingta qöşimça davlat granti uçun joy ajratilgan (xalq orasida 4%lik grant deyiladi).
Va bu 2 mingta örin hududlar hamda fanlar kesimida taqsimlangan (https://t.me/xushnudbek/24830).
‼️Birinçidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) heç qanaqa ball qöşib bermaydi‼️
Köpçilik 4% ball qöşilişi kerak edi, nega şu qöşilmayapti, deb xato tuşungan. Kutib ötirmang, sizga heç qanaqa ball qöşilmaydi.
Ikkinçidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% öqişga kiradi, degani emas. Buning uçun yetarli ball ham oliş kerak edi. Batafsil mana bu yerda tuşuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/24864).
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun 2024-yilgi ötiş bali yuqoridagi suratda körsatilgan. Mana şu balldan kam olganlarga imtiyoz qöllanmagan.
Izoh: bu yerda siz topşirgan yönaliş qaysi fanlar guruhiga kirişi ham muhim. Afsuski, kvotalarning sohalarga taqsimlaniş tufayli baʼzi hududlarda 69 ball bilan ham grantga kirişgan, baʼzi joylarda 160 ball bilan ham tavsiya etilmagan🤦♂️ Har yili şunday bölmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


