“Yangi Özbekiston” massivlarini qurişdagi ayrim yangi qoidalar belgilandi
“Yangi Özbekiston” massivlarini qurişdagi ayrim qoidalar:
➖ “Yangi Özbekiston” massiviga berilgan yer böyiça loyihalaşni 2 oydan, qurilişni boşlaşni 3 oydan oşirişga yöl qöyilmaydi. Uşbu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga çiqariladi;
➖ Loyiha ekspertizasini 15 kundan ötkazib yuborgan taşkilotlarning litsenziyasi töxtatib qöyiladi.
Şuningdek, endilikda fuqarolar obyektning 50 foizi qurilganda kredit va subsidiya olişi mumkin böladi. Uşbu tartib nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uçun ham joriy qilinadi.
💰Quruvçi taşkilotlar qurilişni boşlaganidan yakunlaguniça, lekin köpi bilan 12 oy davomida yer soliği tölaşdan ozod qilinadi.
❌ Obyekt muddatida topşirilmasa, developer yer soliğini 2 karra miqdorda tölaydi.
“Yangi Özbekiston” massivi uçun berilgan yerlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurişi uçun yagona lot sifatida savdoga çiqariladi.
👶 Bu uylarning pastki qavatida xususiy boğça taşkil qilişga ruxsat beriladi, ular mulk soliğidan ham ozod qilinadi.



