Tushuntirish

Yangi yil bayramida özbekistonliklar neça kun dam oladi?

Matn21-dekabr, 2022, 18:332 daqiqa0 koʻrish

❓Yangi yil bayramida özbekistonliklar neça kun dam oladi?

✅ JAVOB: hozirça aniq emas.

2018-yildan boşlab Özbekistonda yaxşi anʼana yölga qöyildi. Unga köra, keyingi yildagi bayram kunlari arafasida aholiga qulaylik yaratiş maqsadida qöşimça dam oliş kunlari beriladigan va bu oldindan hammaga eʼlon qilinadigan böldi.

Aholi şunga qarab, öz rejalarini tartibga solişi, sayohatga çiqişni yoki boşqa işlarini rejalaştirişi mumkin edi.

Birinçi yilni hisobga olmaganda, keyingi yillarda uşbu dam oliş sanalari vaqtliroq eʼlon qilinayotgan edi. Ammo ötgan yili salkam Yangi yilning tagida — 21-dekabr kuni maʼlum qilindi.

Mana bugun ham 21-dekabr. Ammo haligaça dam oliş kunlari haqida gap-söz yöq. Hattoki jamoatçilik muhokamasiga bu haqda biror hujjat qöyilganini ham topa olmadim.

Demak, bu yil dam oliş kunlari ötgan yilgidan ham keçroq çiqsa kerak.

Özi bu tizimdan asosiy maqsadlardan biri içki turizmni rivojlantiriş edi. Ammo qaçon dam oliş kunlari bölişi Yangi yilga sanoqli kunlar qolganda eʼlon qilinsa, aholi deyarli heç narsani rejalaştira olmaydi. Heç qayoqqa sayohatga ham bormaydi, çunki bayramga yaqin qolganda birorta bilet qolmagan böladi.

Yoki kelgusi yilda qöşimça dam oliş kunlari bölmaydimi?

Hozirça maʼlum bölgani, joriy yil 31-dekabr — şanba kuni 6 kunlik iş haftasidagilar uçun dam oliş kuni böladi. 1-yanvar esa şundoq ham yakşanba kuniga töğri kelmoqda.

Yangi Mehnat kodeksiga köra, bayramlar dam oliş kuniga töğri kelsa, keyingi iş kuni dam oliş kuni deb eʼlon qilinadi. Ammo hali yangi Mehnat kodeksi rasman kuçga kirmadi. Demak, hozirça bu qoidani 1-yanvarga aloqasi yöq.

Qaysi yildagi dam oliş kunlari qaçon eʼlon qilingani haqida maʼlumot:

2018-yilniki — 28-dekabrda;
2019-yilniki — 13-noyabrda;
2020-yilniki — 15-noyabrda;
2021-yilniki — 3-dekabrda;
2022-yilniki — 21-dekabrda;
2023-yilniki — ????

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek