«Yil öqituvçisi» va «Kasbiy mahorat yetakçisi» tanlovlari ğoliblariga 525 mln söm mukofot beriladi
❗️“Yil öqituvçisi” va “Kasbiy mahorat yetakçisi” tanlovlari ğoliblariga 525 mln söm mukofot beriladi
Bu böyiça Hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova.
🗓 Unga köra, “Yil öqituvçisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakçisi” tanlovlari 2026-yildan boşlab har ikki yilda bir marta ötkaziladi.
“Yil öqituvçisi” tanloviga nomzodlar özlari dars beradigan bitta fandan, boşlanğiç sinf öqituvçilari esa boşlanğiç taʼlim yönalişida iştirok etadi. Iştirokçilar vazirlikning maxsus platformasi orqali röyxatdan ötadi.
Tanlov uç bosqiçda ötkaziladi:
1️⃣ ‐ bosqiçda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti böyiça nazariy bilimlari baholanadi;
2️⃣ - bosqiçda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholaş mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod ötgan darsning videoyozuvi baholaş uçun maxsus platformaga joylaştiriladi;
3️⃣ ‐ bosqiçda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.
💰 Ğoliblar bazaviy hisoblaş miqdorining 1 ming 400 baravariga (525 mln söm) teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Pedagogik mahorat markazlari direktorlari örtasida “Kasbiy mahorat yetakçisi” tanlovida esa iştirokçilarning 4 ta yönaliş böyiça faoliyati natijalari örganiladi. Bular:
1️⃣ hududda taʼlim sifatini oşiriş böyiça erişilgan natijalar;
2️⃣ moliyaviy barqarorlikni taʼminlaş böyiça erişilgan natijalar;
3️⃣ zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini taşkil etiş böyiça erişilgan natijalar;
4️⃣ Markazni tajribali kadrlar bilan taʼminlaş va zamonaviy boşqaruv usullarining joriy qilinganligi.
💰Ğoliblar bazaviy hisoblaş miqdorining 1 ming 400 baravariga (525 mln söm) teng miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
👉 @xushnudbek 👈


