Yöl harakati xavfsizligi böyiça bizning yomon ahvolimiz haqidagi navbatdagi xabar
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzJSST yöl harakati xavfsizligi böyiça «Endi juda keç» şiori ostida içiş, tezlik va kamar taqiş kabi qoidalarga bağişlangan tarğibot kampaniyasini ötkazmoqda.Yöl harakati xavfsizligi böyiça bizning yomon ahvolimiz haqidagi navbatdagi xabar. Boş prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berişiça, Qoraqalpoğistonning Beruniy tumanida haydovçilik guvohnomasini olib bermoqçi bölgan avto örgatuvçi usta qölga olingan.
Departament hamda DXXning Beruniy tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda avtomaktab örgatuvçi ustasi N.N. fuqaro Z.N.ga va uning 3 nafar tanişiga avto öquv jarayonlariga umuman qatnaştirmasdan, imtihonlardan tanişlari orqali ötkazib, haydovçilik guvohnomasini olib berişni vaʼda qilgani aniqlangan. Buning evaziga u 800 dollar va 16 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 390


