Muhim

Moped va skuterlar egalari uçun haydovçilik guvohnomasini oliş jarayoni yengillaştiriladi

Matn27-oktabr, 2025, 12:362 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Tanqidlardan söng: moped va skuterlar egalari uçun haydovçilik guvohnomasini oliş jarayoni yengillaştiriladi

Bu haqda Hukumatning tegişli qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati.

Mazkur qaror bilan uçta katta yangilik joriy etilmoqda:

1️⃣ Moped va skuter uçun alohida kategoriya

• 2026-yil 1-yanvardan boşlab moped va skuterlarni boşqariş uçun yangi “A1” toifali haydovçilik guvohnomasi joriy etiladi, buni oliş hozirgi A kategoriyadan köra osonroq böladi;

• “A1” oliş uçun avtomaktablarda umuman öqiş şart emas (ham nazariy, ham amaliy maşğulotlarsiz), töğridan töğri imtihon topşiriş mumkin;

• “A1” oliş uçun nazariy imtihonda 20 ta testdan 16 tasiga töğri javob topiş kifoya. Boşqa toifalar uçun bu 18 ta edi;

• “A”, “B”, “C” yoki “D” toifadagi haydovçilik guvohnomasi (istalgan biri) egalari “A1” toifadagi transport vositalarini töğridan töğri boşqarişi mumkin böladi, ular “A1” olişi şart emas!

=========

2️⃣ Avtomaktablarda nazariy öqiş bekor bölyapti

➖ 2026-yil 1-fevraldan “A” va “B” toifa oliş uçun avtomaktablarda nazariy öqiş şart emas, faqat amaliy 20 soat öqilsa böldi;

➖ talabgorlar nazariy bilimlarni xohlasa uyida onlayn, xohlasa biron öquv markazida oflayn kurslar orqali olişi mumkin. Asosiysi imtihonga kiriş uçun nazariy öqiganlikni tasdiqlovçi heç qanaqa hujjat söralmaydi;

➖ endilikda “A” va “B” toifali haydovçilarni tayyorlaşda guruhlarni YHXXda röyxatdan ötkaziş talabi bekor qilinadi. Hozirda avtomaktablarda toki bitta guruh tölmagunça va uni “GAI”da röyxatdan ötkazmagunça darslar boşlanmas edi. Endi talabgorlar öziga qulay istalgan vaqtda amaliy maşğulotlarni boşlayveradi, heç kimni kutişi şart emas;

➖ agar talabgor 20 soatlik amaliy maşğulotni tezda öta olişsa, imtihonga ham tezroq kiriş mumkin böladi, avvalgidek bir neça oy vaqt yöqotmaydi.

=========

3️⃣ Jarima ballari doirasi kengaytiriladi va uni taqsimlaş imkoni yaratiladi

🔹 2026-yil 1-apreldan yölda örnatilgan avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş tizimlari orqali qayd etilgan yöl harakati qoidabuzarliklari (12 turdagi) uçun ham jarima ballari hisoblanadi;

🔹 avtomobil egasi va uni boşqargan şaxs (işonçnoma, suğurta polisi, yöl varaqasi orqali) aniqlanib, jarima ballari aynan ruldagi haydovçiga hisoblanadi;

🔹 agar jarima avtomobil egasiga yozilsa-yu, lekin aslida rulda boşqa inson bölsa (işonçnoma orqali, masalan), unda maşina egasi jarima balini öşa odam nomiga taqsimlaş huquqiga ega böladi, yaʼni özidan öçirib, narigi odamga yozdiradi. Bularning barçasi onlayn böladi, biron joyga boriş şartmas;

🔹 agar maşinasini ijaraga berganlar bölsa, unda E-jarimaball tizimi orqali “hozir maşinamni falonçi odam haydayapti” deb kiritib qöysa böladi, şunda jarima ballari töğridan töğri ijaraga olib haydayotgan odamga yoziladi, maşina egasiga jarima bali kelmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 8 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek