Tushuntirish

Yoşlar daftaridagi yoşlarning öquv markazlarida öqiş pulini davlat qoplab berişi rostmi

Matn27-sentabr, 2023, 19:031 daqiqa0 koʻrish

❓Muştariydan savol: eşitişimça, "Yoşlar daftari"da turadigan yoşlar öquv markazlarida öqisa, uning pulini davlat qoplab berar ekan. Şu rostmi? Agar rost bölsa, qaysi yönalişlarda öqiş kerak? Öquv markazlari röyxatini qayerdan topsa böladi?

✅ JAVOB: Ha, rost. Amaldagi tartibga köra, "Yoşlar daftari"da röyxatda turadigan 14-30 yoşdagi yoşlar «Kelajak kasblari» loyihasi doirasida zamonaviy kasblar, IT va xorijiy tillar yönalişlarida taʼlim olsa, ularning 6 oygaça kurs xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

Tizimga ulangan öquv markazlari röyxatini mana bu yerdan köriş mumkin:

https://yoshlardaftari.uz/approved-list

Dizayn va dasturlaşning turli yönalişlari, xorijiy tillar, zamonaviy arxitektura, animatsiya va köplab sohalarini örganişni niyat qilgan yoşlarga quyidagi havola orqal ariza topşirişni tavsiya qilamiz:

https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8

Ayniqsa, mabodo siz öqişdan yiqilgan bölsangiz, unda kasb yoki til örganişning ayni payti!

Maʼlumot uçun: bugungaça 12 mingga yaqin yoşlarning 700 ga yaqin öquv markazlarida olgan taʼlimlari moliyalaştirilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek