Fikr

Yoşlar uçun ogohlik qönğiroği

Matn22-avgust, 2024, 20:021 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzÖzbekiston Milliy axborot agentligi Sobira Xoldorova deb nomlangan robot-muxbirni taqdim etdi. U 9 ta tilda rasmiy xabarlarni yetkazib turadi.

Yoşlar uçun ogohlik qönğiroği

Albatta, bu hali birinçi bosqiçdagi işlar. Oldimizda takomillaştirişimiz kerak bölgan jihatlar köp. Balki dastlabki bosqiç kimlar uçundir juda sodda bölib körinayotgandir, lekin biz bu borada uzoq muddatli strategiya qilganmiz. Hozir qölda bajarilayotgan ayrim bosqiçlarni sekin-asta sunʼiy intellekt yordamida töliq avtomatlaştirişga ötamiz. Ammo hozirgi bosqiçda ham u bizga ança-munça mehnat va xarajatni tejaşga yordam beradi.

Men işonaman, kelgusida sunʼiy intellekt aytilişi kerak bölgan yangilikni ham özi tanlab, matnni ham özi yozib, özi tahrirlab, özi turli tillarga ögirib, özi video qilib, özi subtitrlarini qöyib, yoniga surdo-tarjimon harakatlarini ham joylaştirib, video uçun özi poster yasab, özi qaçon va qaysi paytda eʼlon qilişini ham rejalaştirib, özi saytda eʼlon qilib, özi uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatadigan darajaga ham çiqiladi.

Va eng quvonarlisi hamda qörqinçlisi, bunga köp vaqt ketmaydi, 20-30-yil kutiş şartmas. Sunʼiy intellekt yangi bilimlarni juda tez örgana oladi.

Öz ustida işlamaydigan jurnalistlar uçun xavotirli davrlar yaqinlaşmoqda. Bu jiddiy signal va bundan töğri xulosa çiqariş kerak. Özi aslida bu ogohlik qönğiroği nafaqat jurnalistlar, balki boşqa yuzlab kasblar uçun ham çalinmoqda.

Odam bilan raqobatlaşsa böladiyu, lekin sunʼiy intellekt bilan... Bilmadim, bilmadim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek