Fikr

«Yuksaliş» harakati: 30 foizlik boj tovarlarni sunʼiy qimmatlaştirmoqda

Matn7-oktabr, 2025, 12:112 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

"Yuksaliş" harakati: 30 foizlik boj tovarlarni sunʼiy qimmatlaştirmoqda

2025-yil 1-maydan Özbekistonga şaxsiy ehtiyoj uçun olib kiriladigan tovarlar böyiça yangi bojsiz normalar kuçga kirdi. Bu normalar qonun bilan emas, balki Hukumat qarori bilan belgilangan.

Amalda jismoniy şaxslar uçun belgilangan limitlar fuqarolarga qöşimça moliyaviy xarajat yuklaşdan taşqari, bozordagi raqobatga ham taʼsir körsatmoqda.

Boşqa tomondan, bojxona tölovlari monopoliya xavfini kuçaytirmoqda. Özbekistonda rasmiy distribyutori bölmagan tovarlarni, tabiiyki, fuqarolar çetdan olib kelişga majbur. Ammo, 30 foizlik boj bu tovarlarni sunʼiy qimmatlaştirib, isteʼmolçi tanlovining çeklanişi va yirik importçilarning mavqeyi mustahkamlanişiga sabab böladi.

Natijada, raqobat pasayişi, narxlar oşib, tovarlar sifati yomonlaşişi va kiçik hamda örta tadbirkorlar uçun bozorga kiriş imkoniyatlari çeklanişi mumkin. Buning oqibatida isteʼmolçilar tanlov huquqidan mahrum böladi va soğlom bozor rivojlanişi töxtaydi.

Şuning uçun yaşirin iqtisodiyotga qarşi boşqaça, samarali hamda inson huquqlariga daxl qilmaydigan mexanizmlar haqida öylaş maqsadga muvofiq.

Yuqoridagi muammolarga yeçim sifatida, “Yuksaliş” harakati quyidagilarni taklif qiladi:

— jismoniy şaxslar tomonidan öz ehtiyojlari uçun tovarlarni Özbekiston hududiga olib kirişda qöllaniladigan boj tölovlari, limitlar va stavkalar faqat Qonun darajasida belgilanişi lozim;

— tijorat maqsadidagi importni şaxsiy ehtiyoj uçun olib kiriladigan tovarlardan aniq ajratiş mexanizmini işlab çiqqan holda, normadan oşgan qismiga nisbatan 30% örniga pastroq, mutanosib va progressiv stavkalarni qöllaş;

— bojxona tariflarini mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş körinişida monopoliyani şakllantiriş vositasi emas, balki faqat haqiqiy kontrabandaga qarşi kuraş hamda raqobatni rivojlantiriş vositasi sifatida qöllaş;

— içki bozorda yetarliça raqobat şakllanmagan tovarlar uçun import şartlarini yengillaştiriş;

— röyxatga oliş jarayonini soddalaştiriş va boj tölovi talab qilinmagan hollarda (masalan, 1-2 dona şaxsiy qurilma) UzIMEI orqali röyxatga olişni bepul qiliş.

Xulosa örnida, şaxsiy isteʼmol tovarlariga qöllanilayotgan yuqori boj tölovlari fuqarolarning mulkiy huquqlariga putur yetkazadi. Şunday ekan, boj siyosati iqtisodiy erkinlik va adolat tamoyillarini himoya qilgan holda kontrabandaga qarşi qaratilgan bölişi maqsadga muvofiq.

👉 @xushnudbek 👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek