Jizzaxda hokim yordamçisi 2 ming dollar bilan uşlandi
Jizzaxda hokim yordamçisi 2 ming dollar bilan uşlandi
Şarof Raşidov tumani hokimining «Oqtoş ota» MFYdagi yordamçisi tadbirkorlik subyekti tomonidan taʼminotçi sifatida fuqarolarga qurilayotgan 10 ta issiqxonaning qurilişi bitkazilmaganini bila turib, ular uçun jami 330 million söm miqdoridagi pullarni tadbirkor boşqaruvidagi MÇJ hisob raqamiga ötkazilişi uçun yordam berişini aytgan.
Hokim yordamçisi bitmagan issiqxonalar uçun pulni ötkazişga tumani hokimi birinçi örinbosarining roziligi kerakligini, unga 1 000 dollar, öziga yana 1 000 dollar bergan taqdirda masalani hal qilib berişini vaʼda qilgan.
2022-yil 17-oktabr kuni hokim yordamçisi tadbirkordan talab qilgan 2 000 dollarni Şarof Raşidov tumanidagi avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasi oldida öziga tegişli «Neksiya» avtomobili salonida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
👉 @xushnudbek 👈
