Diplomatiya

Ziroat Mirziyoyeva Tamara Vuçiç hamrohligida Belgrad madaniy obyektlariga taşrif buyurdi

Albom8-sentabr, 2026, 20:552 daqiqa0 koʻrish

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Serbiya Birinçi xonimi Tamara Vuçiç hamrohligida Belgrad şahridagi qator madaniy obyektlarga taşrif buyurdi.

Dastur davomida ular Serbiya Milliy muzeyida mamlakat tarixiga oid arxeologik topilmalar, serb va jahon sanʼati asarlari hamda anʼanaviy hunarmandçilik körgazmasi bilan tanişdi.

Şuningdek, Birinçi xonimlar XII asrga oid, 2005-yilda UNESCO’ning “Jahon xotirasi” xalqaro reyestriga kiritilgan Miroslav Injilini közdan keçirdi hamda Avliyo Savva çerkoviga taşrif buyurdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek