Rasman

1-maydan foydalanişga topşiriladigan köp qavatli uylar tomlarida quyoş panellari örnatiladi

Matn18-fevral, 2023, 11:201 daqiqa0 koʻrish

🏘 1-maydan foydalanişga topşiriladigan köp qavatli uylar tomlarida quyoş panellari örnatiladi

Prezident qaroriga asosan 2023-yil 1-maydan:

➖ foydalanişga topşiriladigan köp qavatli uylar tomlari böş qismining kamida 50 foizida quyoş panellarini örnatiş talabi joriy qilinadi;

➖ yangi taşkil etiladigan issiqxona xöjaliklari hamda sement, ğişt va ohak mahsulotlarini işlab çiqaruvçilarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulaniş uçun texnik şartlar berilişi taqiqlanadi.

🌞2023-yil 1-apreldan umumiy quvvati 100 kVtgaça bölgan qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini örnatgan jismoniy va yuridik şaxslar ular foydalanişga topşirilgan paytdan eʼtiboran 3 yil muddatga, örnatilayotgan quyoş panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bölmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlaş tizimi bilan örnatilgan bölsa – 10 yil muddatga:

✅ uşbu qurilmalar böyiça mol-mulk soliğini;
✅ qurilmalar bilan band bölgan uçastkalar böyiça yer soliğini;
✅ yuridik şaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uçun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda soliğini tölaşdan ozod etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek