Şavkat Mirziyoyev nomiga AQŞ Prezidenti Jo Baydendan maktub keldi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Jo Baydendan maktub keldi:
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Hurmatli Prezident janoblari!
Mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaşda körsatayotgan yetakçiligingiz va şaxsiy intilişingiz uçun, şu jumladan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uçun çuqur minnatdorlik bildiraman.
Özbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida özaro aloqalarni rivojlantiriş, şuningdek, Sizning mamlakatni siyosiy tizimini modernizasiya va isloh qiliş borasidagi saʼy-harakatlaringizni qöllab-quvvatlaş AQŞ uçun ustuvor ahamiyatga ega.
AQŞ va Özbekiston örtasidagi strategik şeriklik çuqurlaşib bormoqda va erişilgan yutuqlarni 2023-yilda ham yanada ilgari surişimizga umid bildiraman.
Siz Markaziy Osiyodagi beşta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytiriş orqali qöşni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirişga katta eʼtibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqçiman.
Bu saʼy-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning taşqarisida ravnaq va barqarorlikni taʼminlaşga katta hissa qöşmoqda.
Bizning şerikligimiz, mana 30 yildirki, BMTning barça mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilişdek asosiy prinsiplariga rioya qiliş asosida rivojlandi.
Işonçim komilki, uşbu qadriyatlarga muştarak sodiqligimiz özaro aloqalarimiz uzoq muddatli istiqbolda yanada mustahkamlanişiga xizmat qiladi.
Hurmat bilan,
Jo Bayden
👉 @xushnudbek 👈
