Muhim

1-sentabrdan mulkdor qarindoş bölmagan şaxslarni turar joydan roziligisiz röyxatdan çiqarişi mumkin

Matn25-avgust, 2022, 17:301 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPrezident farmoniga köra, mulk huquqini hujjatni bekor qiliş orqali tugatiş taqiqlandi. Yerdan ixtiyoriy voz keçiş uçun hokim qarori talab etilmaydi.

Prezident farmoniga köra, 2022-yil 1-sentabrdan boşlab:

➖mulkdor bilan qarindoşlik aloqalariga ega bölmagan şaxslarni turar joydan doimiy röyxatdan çiqariş uçun ularning roziligini oliş talab etilmaydi.

Oxirgi 2,5 yilda fuqarolik sudlariga şaxsni turar joydan röyxatdan çiqariş böyiça 8 954 ta daʼvo arizalari kiritilgan, şundan 7 311 tasi (82 foizi) qanoatlantirilgan;

➖ xususiy mulk obyekti va u joylaşgan hududga mulkdorning ruxsatisiz kiriş uçun jinoiy javobgarlikka tortişgaça bölgan çoralar qöllanişi mumkin;

➖ endilikda mulkdor yoki uning vakili öz mulkini har qanday tajovuzdan huquqni buzişga mutanosib ravişda va huquq buzilişining oldini oliş uçun zarur harakatlar doirasida mustaqil himoya qiliş huquqiga ega böladi;

➖fuqarolik sudlarida mol-mulkni özganing noqonuniy egaligidan talab qilib oliş töğrisidagi daʼvolar yuzasidan daʼvogarlar (davlat organlari va taşkilotlari bundan mustasno) davlat bojini tölaşdan ozod qilinadi, bunda daʼvogarning daʼvo talablarini qanoatlantiriş töliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, undan talablarning qanoatlantirilişi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravişda davlat boji undiriş nazarda tutiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek