Endi mulk huquqidan mahrum qiliş uçun albatta sud qarori talab etiladi
Endi mulk huquqidan mahrum qiliş uçun albatta sud qarori talab etiladi
“Mulk huquqining daxlsizligini işonçli himoya qiliş, mulkiy munosabatlarga asossiz aralaşuvga yöl qöymaslik, xususiy mulkning kapitallaşuv darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
❌ Farmonga muvofiq, endilikda mulkka bölgan huquqni uni vujudga keltirgan hujjatni bekor qiliş orqali tugatiş mumkin emas. Agar hujjat noqonuniy qabul qilingan bölsa, faqat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilişi mumkin.
Boşqaça aytganda yangi hokimlar eski hokimning yer yoki mulk ajratiş haqidagi qarorini şunçaki bekor qilib, kimnidir mulk huquqidan mahrum etolmaydi. Buning uçun sud qarori talab etiladi.
📝 Yerdan ixtiyoriy voz keçiş mulkdorning notarial tasdiqlanadigan arizasiga asosan amalga oşiriladi. Endi buning uçun hokim qarori bölişi talab etilmaydi.
✅ Yuridik şaxs tugatilganda uning qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkasiga bölgan huquqlari bekor qilinmaydi va yer davlat zaxirasiga qaytarib olinmaydi. Mazkur yerlar tugatilayotgan yuridik şaxsning muassislariga ularning yuridik şaxsdagi uluşiga (qöşilgan hissasiga) mutanosib ravişda ötkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈


