Muhim

1-sentabrdan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bölgan MAKTAB öqituvçilariga 50 foizgaça ustama beriladi

Matn16-sentabr, 2022, 20:011 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️1-sentabrdan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bölgan MAKTAB öqituvçilariga 50 foizgaça ustama beriladi

2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga köra, 2022-yil 1-sentabrdan boşlab umumtaʼlim fanlari böyiça tegişli darajadagi sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda har oylik qöşimça ustama tölanadi:

➖ xalqaro tan olingan va unga tenglaştirilgan milliy sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

➖ xalqaro talablarga javob bermaydigan milliy sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida.

Pedagog kadrlarga har oylik qöşimça ustama sertifikat amal qiliş muddati davomida, lekin uç yildan köp bölmagan vaqt mobaynida tölanadi.

Agar öqituvçi umumtaʼlim fanlari böyiça bir neçta sertifikatga ega bölsa, yuqoriroq foizli ustama beruvçi sertifikat böyiça ustama tölanadi.

Uşbu tizimni yölga qöyiş böyiça Xalq taʼlimi hamda Moliya vazirliklarining 2022-yil 29-iyuldagi 34-sonli qöşma qarori qabul qilingan va sertifikatlar uçun qöşimça ustamalarni tölaş 1-sentabrdan joriy etiladi.

Şuningdek, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, geografiya va tarix fanlaridan ham milliy sertifikatsiya sinovlarini ötkaziş boşlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek