Sentyabrdan boşlab xorijiy til sertifikati yöq çet tili öqituvçilari işdan böşatilişi mumkin
❗️Sentyabrdan boşlab xorijiy til sertifikati yöq çet tili öqituvçilari işdan böşatilişi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi qarori bilan, 2024/2025-öquv yilidan boşlab barça xorijiy tillar öqituvçilari kamida B2 sertifikatiga ega bölişi şartligi belgilab qöyilgan edi.
Ammo pedagoglar va jamoatçilik vakillarining murojaatlari sababli qaror ijrosi bir yilga uzaytirilgan. Yaʼni 2025/2026-öquv yilidan boşlab kuçga kiradi.
Uşbu talab barça umumiy-örta, örta-maxsus va professional taʼlim muassasalari uçun amal qiladi. Bunda faqatgina ingliz tili emas, balki barça xorijiy tillar qamrab olinadi (2-xorijiy til ustozlari mustasno).
Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi yangi talab haqida pedagoglarga bir neça marta rasmiy eslatmalar bergan. Hududlarda tuşuntiriş işlari ham olib borilgan.
👉 @xushnudbek 👈

