13-noyabr kuni 15 ta şaharda 50 mingdan ziyod iştirokçi Yangi Nafas yuguriş musobaqasida iştirok etdi
13-noyabr kuni yurtimizning 15 ta şahrida 50 mingdan ziyod iştirokçi Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun arafasida taşkil etilgan Yangi Nafas sport ommaviy yuguriş musobaqasida iştirok etdi.
Toşkent şahrida uşbu musobaqa uçta manzilda: “Yangi Özbekiston” boği, “Aşxobod” sayilgohi va Humo Arena maydonida taşkil etildi.
Qurolli kuçlar akademiyasi kursantlarining musobaqalar trassasi böylab Özbekiston davlat bayroğining 40 metrlik matosi bilan masofani bosib ötişi eng yorqin taassurotli voqealardan biri böldi.
Yangi Nafas musobaqasining maxsus marşruti 15 ta şaharning har birida madaniy va tarixiy joylar böylab işlab çiqildi.
Masalan, Nukus şahrida musobaqaning final nuqtasi sifatida Savitskiy muzeyi yonidagi markaziy maydon, Buxoroda - Poyi Kalon majmuasi, Jizzaxda - Ş.Raşidov nomidagi maydon tanlandi, Samarqandda esa ommaviy yuguriş musobaqasi Silk Road Samarkand yangi turistik markazi hududida bölib ötdi.
👉 @xushnudbek 👈



