Ramazon

14-mart, 24-kun: Internetdagi aloqa odoblari

Matn14-mart, 2026, 18:033 daqiqa0 koʻrish

14-mart, şanba (24-kun)
Iftorlik vaqti: 18:32 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

INTERNETDAGI ALOQA ODOBLARI

Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda xuddi köz-közga tuşib turgandek, özini odob va axloq ila tutiş lozim.

Bu xildagi aloqa köpçilik bilan bölayotganini zinhor unutmaslik kerak. Mazkur aloqa yozişma orqali bölsa, yozuv qoidalariga töliq amal qilib, özining yuksak madaniyatini körsatiş kerak. Yozuvlarining bexato ekanini tekşirib körişi lozim. Agar aloqa ovozli yoki suratli bölsa, buning ham rioyasini qiliş kerak. Musulmon kişidan çiroyli va madaniyatli bölib köriniş va sözlaş talab etiladi.

Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda notaniş kişilarni «siz»lab, ularga alohida hurmat körsatiş kerak.

Voqeʼlikda ham şunday böladi. Notaniş kişi bilan aloqaga kirişganda, hurmatini joyiga qöyib, alohida ahamiyat va eʼtibor bilan muomala qilinadi.

Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda bahs-munozara har qança qizisa ham, birovga ozor berişga bormaslik kerak.

Baʼzi odamlar haddidan oşsa ham, musulmon odam özini bosişi va özidan ketganlarga eʼtibor bermasligi va ularga nasihat qilişi lozim. Mingta baqir-çaqirdan köra bitta hikmatli söz ustun turişini biror daqiqa ham unutmaslik zarur.

Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda behuda tortişuvlarga yöl qöymaslik, beodobliklarga qarşi kuraşiş yaxşi işdir.

Baʼzi odamlar behuda tortişişga öç böladi. Tortişiş uçungina bahs-munozaralar qözğaydi. Boşqalarning jiğiga tegişni yaxşi köradi. Biz, musulmonlar ana şunday kişilar toifasidan bölmasligimiz va ularga qarşi kuraşişimiz lozim.

Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda savdo işlari olib borilsa, oldin buning tafsilotini yaxşi örganib oliş şartdir.

Internet qalloblari odamlarni aldaş uçun öziga xos «internet-savdolari»ni öylab topişgan. Birgina misol tariqasida QuestNet nomli internet bozorini olişimiz mumkin. Sirtdan qaraganda, bu narsa odamlarga qulaylik tuğdiriş, savdo molini arzonlaştiriş uçun tuzilganga öxşaydi. Tarmoqli savdo nomini olgan bu iş aslida qalloblikdan boşqa narsa emas. Ammo sodda odamlarni aldaşga juda ham qulay. Qabulimga baʼzi kişilar kelib, mazkur savdo haqida savollar bera boşlaşdi. Kişilarning taqdim qilayotgan maʼlumotlari uzuq-yuluq edi. Ammo ularning barça axborotlarini qöşib, umumlaştirilganda, tölaroq tasavvur hosil böldi. Şuning eʼtiboridan, bu savdo joiz emas, degan javob berildi.

Bu gap odamlar orasida tarqalib, sörovçilar yana köpaydi. Oxiri şu işni yuritayotganlar kelib, özlari tuşuntirib bermoqçiliklarini aytişdi. Ularga öxşaganlarning kimligini bilganim uçun, yozma ravişda murojaat qilişlarini söradim. Ança vaqt ötganidan keyin yozma tuşuntiriş va murojaat olib kelişdi. Söngra ularga javob berdim. Ular esa boşqa şayxdan olgan narsasini körsatib, odamlarni aldaşda davom etaverişdi. Kişilarda ikkilaniş paydo bölib qoldi. Baʼzilarning haligi «şayx»ni men bilan adaştirganlari maʼlum ham böldi. Şunda biz internetda bor haqiqatni eʼlon qildik. Oxiri mazkur QuestNet taşkilotçilari qalloblikda ayblanib, mahkamaga tortildi.

Şuning uçun bunga öxşaş işlardan juda ehtiyot böliş kerak. Oldin har bir narsaning, işning halol yoki haromligini, dindagi hukmini yaxşilab örganib olib, keyin unga qöl uriş kerak.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek