Ramazon

Ramazonning 23-kuni: Internetdagi aloqa odoblari

Matn13-mart, 2026, 17:483 daqiqa0 koʻrish

13-mart, juma (23-kun)
Iftorlik vaqti: 18:31 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

INTERNETDAGI ALOQA ODOBLARI

Internetda çat, forum, feysbuk, tvitter kabi özaro aloqa olib borişga xizmat qiluvçi vositalar orqali kişilar bir-birlari bilan yozişma, sözlaşma, suratli muloqotlar olib boriş imkoniyatlariga ega bölişgan. Ular uşbu imkoniyatlarni işga solib, köpgina hojatlarini röyobga çiqariş, maʼlumot almaşiş, bilmaganini sörab örganiş, yangi döst va şeriklar orttiriş kabi köpgina manfaatlarga ega bölmoqda.

Ammo şu bilan birga, boşqa sohalarda bölgani kabi, bu sohada ham öziga yaraşa muammolar, muşkulotlar va köngilsiz voqealar paydo bölmoqda. Masalan, begonalarning bir-birlari bilan uşbu vositalar orqali olib borgan aloqalari natijasi ölaroq, nikohga vaʼda beriş, birovga tuhmat qiliş, kimnidir zinoda ayblaş, sökiş kabi işlar kelib çiqmoqda.

Şuningdek, er-xotinlarning uşbu vositalar orqali olib borgan aloqalari natijasi ölaroq taloq, bir-birini zinoda ayblaş, nasabni inkor qiliş kabi öta ahamiyatli hukmlar ham sobit bölmoqda.

Uşbu vositalar orqali bir neça taraflarning olib borgan muloqotlaridan söng bir-birini ommaviy ravişda kofir, fosiq, fojir deya hukm çiqariş, fahş işlarga çaqiriş, sehr va folbinlikka çorlaş, pora vaʼda qiliş, video orqali avratlarni namoyiş qiliş, şaxsiy, diniy, ijtimoiy holatlarni masxara qiliş kabi öta jiddiy holatlar ham paydo bölmoqda.

Bularning hammasini tartibga soliş, kişilarni töğri yölga solib, notöğrisidan qaytariş lozim bölmoqda. Bu borada hukumatlar, xalqaro taşkilotlar va boşqalar yetarli işlar olib borişmoqda. Şu bilan birga, musulmonlarga bu boradagi şarʼiy odoblarni ham bayon qilib boriş zaruratga aylandi.

Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda öziga tanlangan ismning goʼzalligiga eʼtibor beriş lozim.

Internetdagi özaro aloqalarda har bir kişi öziga maʼlum taxallus qöyib olişi odat tusiga kirgan. Aslida özining asl ismi bölgani yaxşi. Lekin turli sabablarga köra, taxallus tanlab olsa ham böladi. Faqat taxallus tanlaşda özining beodobona gap va işlariga parda qiliş niyati bölmasligi şart. Taxallus tanlaganda çiroyli va zavq bağişlaydigan ismlarni tanlaş kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarning ismlari umidbaxş, ezgulikni ifoda qiladigan bölişiga katta eʼtibor berganlar.

Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda şariat ruxsat bergan narsalarga amal qilib, man qilgan narsalardan çetda böliş asosiy qoida bölişi zarur.

Bu qoida musulmon insonning barça qiladigan işlariga ham tatbiq qilinadi. Jumladan, internet orqali özgalar bilan aloqa qilişida ham şunday bölişi talab etiladi. Baʼzi kişilar muomala holati bir oz özgargani tufayli internetdagi muomalalarga yengil-yelpi qaraşadi, bu esa mutlaqo notöğridir.

Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişdan yaxşilik va taqvoda hamkorlik qiliş hamda yomonlik va duşmanlikda hamkorlik qilmaslik şior qilib olinişi zarur.

Zotan, musulmon inson hayotining barça sohalarida uşbu şiorga doimo amal qilib yaşaşga intiladi.

Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişdan foydali maqsadni közlaş va befoyda işlardan çetda böliş lozim.

Musulmon inson öziga berilgan umr neʼmati aziz ekanini, undan unumli foydalaniş özining muqaddas burçi ekanini, oxiratda uning har bir lahzasidan söraliş borligini bir zum ham unutmasligi darkor. Şu eʼtibordan internetga kirib olib, behuda narsalarga soatlab vaqt sarflaş qattiq qoralanadi.

Musulmon insondan vaqti, kuçi, aqli va zehn-zakovatini faqat foydali narsalarga sarflaşi talab etiladi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek