12-mart, 22-kun: Internet odoblari
12-mart, payşanba (22-kun)
Iftorlik vaqti: 18:30 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
INTERNET ODOBLARI
«Internet» sözi ajnabiy tildagi qisqartirilgan jumla bölib, tilimizda «xalqaro maʼlumotlar töri» degan maʼnoni anglatadi. Ammo bu nom ixtiyor qilinganidan keyin internetning tinmay rivojlanişi oqibatida u faqat maʼlumotlar taqdim va qabul qiliş bilan çeklanib qolmay, bundan ham katta hajmdagi işlarni olib borişga xizmat qiladigan bölib ketdi. Hayotning barça sohalarida internet yordamida osonlik, arzonlik va tezlik foydalari közlanadigan böldi.
Şuning uçun hozirda hamma xalqlar internetni rivojlantiriş borasida qölidan kelgan barça çoralarni körmoqda. Bu işga töğanoq böluvçi omillardan xalos böliş yöllarini axtarmoqda. Internetdan foydalanuvçilar kun sayin köpayib bormoqda. Hamma uşbu osonlik va qulaylikdan bahramand bölişga oşiqmoqda.
Ammo şu bilan birga, internetga boğliq muammolar ham köpayib va jiddiylaşib bormoqda. Internetda foydali maʼlumotlar bilan bir qatorda zararli, buzuq maʼlumotlar ham tarqalmoqda. Aqiydaga putur yetkazuvçi, fohişabozlik va behayolikni tarğib qiluvçi, axloqsizlikni tarqatuvçi va şunga öxşaş inson zotiga or keltiruvçi işlarni tarğib qiladigan saytlar köpayib bormoqda. Baʼzi odamlar internet orqali bir-biriga tuhmat qilmoqda, haqoratlab, sökişmoqda, bir-birini şarmanda qilmoqda va hokazo.
Aytib ötilgan uşbu gaplardan körinib turibdiki, internet ham ikki taraflama — ham yaxşilikka, ham yomonlikka xizmat qilişi mumkin narsaga aylandi. Bizning vazifamiz uni yaxşilikka xizmat qildirib, yomonlikka boşlamasligi çoralarini köriş, uning zararlaridan çetlanişga harakat qilişdir. Buning uçun esa dinimizning umumiy taʼlimotlari asosida internetdan foydalaniş odoblarini yölga qöyişimiz kerak böladi.
INTERNETDAN FOYDALANIŞ ODOBLARI
Quyida xalqaro zamonaviy aloqa va axborot vositasi bölmiş internetdan foydalanişning baʼzi umumiy odoblari haqida qisqaça söz yuritamiz:
Internetdan foydalanmoqçi bölgan odam niyatni yaxşi qilgan bölişi kerak.
Albatta, musulmon inson har bir narsada bölgani kabi, internetdan foydalanişda ham faqat yaxşilikni, şariatda ruxsat berilgan narsalarga muvofiq iş qilişni niyat qilişi lozim. Ana şundagina bu işidan foyda topadi, közlagan maqsadiga erişadi. Internetdan olgan foydasiga qöşimça ravişda, dinining taʼlimotlariga amal qilgani uçun savob ham oladi.
Internetga kirişdan oldin vaqtni zoye qilmaslik uçun umrning qadrini esga oliş, uning har lahzasi hisobli ekanini, qiyomat kunida hisob-kitob bölişini esga oliş zarur.
Aynan uşbu his-tuyğu bölmagani uçun köpçilik internetda soatlab vaqtini, aziz umrining ğanimat kunlarini zoye qilişni öziga ep körmoqda. Uzoq vaqt davomida, sakkiz-ön soatlab internetda ötirganlar öziga xos xastaliklarga çalinganlari haqidagi xabarlar behuda tarqalmagan bölsa kerak. Musulmon inson esa doimo, jumladan, internetdan foydalanişda ham umrining har lahzasi borasida oxiratda söralişini zinhor unutmaydi.
Internetda işlaşni «Bismillahir rohmanir rohiym» bilan boşlaş va iş boşlaşda öqiladigan duolardan bilganiça öqiş kerak.
Musulmon kişining har bir işni boşlaganda albatta «Bismillahir rohmanir rohiym» deyişi kerakligi köplab hadislarda taʼkidlangan.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈


