Ramazon

15-mart, juma (5-kun): Qizlar tarbiyasining fazilati haqida hadislar

Matn15-mart, 2024, 17:462 daqiqa0 koʻrish

15-mart, juma (5-kun)
Iftorlik vaqti: 18:32 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Uqba ibn Omirdan rivoyat qilinadi:

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimning uçta qizi bölsa, ularni sabr bilan östirsa, topganidan ularni kiyintirsa, ular uning uçun dözaxdan parda böladi", dedilar".

📖 Şarh: Bu hadisda farzandga, ayniqsa qiz farzandlarga yaxşi qaraş, ularni sabr bilan östiriş, yedirib, kiyintiriş katta savobga loyiq iş ekanligi aytilmoqda. Qizlar köp bölsa, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazib, joy- joyiga qöyiş qiyin. Qiz bolaga töğri tarbiya beriş, odob beriş, iymon-Islomni tanitiş, yediriş, içiriş, kiyintiriş katta maşaqqatdir. Buning uçun ota-onadan ulkan sabr talab qilinadi.

Şuning uçun hadisi şarifda "ularni sabr bilan östirsa", deyilyapti. Şuning uçun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bunga sabr qilgan odamlarga jannatni vaʼda qilmoqdalar.

Albatta, uç qizni tuğib, tarbiyalab, voyaga yetkaziş oson iş emas. Ammo bu maşaqqatli iş uçun Nabiy sollallohu alayhi vasallam vaʼda qilayotgan mukofotlar ham oz emas.

Uşbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Uç qizni tarbiyalaş katta savobli iş ekani;
2. Qizlar tarbiyasida sabr kerakligi;
3. Qizlarni kiyintiriş savobli iş ekani;
4. Qizlar qiyomat kuni ularni boqib, katta qilgan ota-onalari uçun dözax ötidan parda bölişlari.

Şunga öxşaş boşqa bir hadis:

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Kimning uçta qizi bölsa, ularni boşpana bilan taʼminlasa, moddiy taʼminotini qilsa, ularga rahm-şafqat körsatsa, ana şu odamga albatta jannat vojib böladi", dedilar.

Şunda qavmning içidan bir odam:
"Ey Allohning Rasuli, ikkita bölsa-çi?" dedi.
"Ikkita bölsa ham", dedilar".

📖 Şarh: Avvalgi hadisda “uçta qizni tarbiyalasa” deyilgan edi, bu hadisda esa “ikkita” deyilyapti. Demak, ikkita qizni tarbiyalab, voyaga yetkazib, öz vazifasini gözal ravişda bajargan ota-ona ham, inşaalloh, jannatiy bölar ekan.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek